Poytaxtning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Bobur ko`chalari chorrahasidan Bobur ko`chasi bo`ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko`chalari chorrahasigacha bo`lgan oraliqda yo`l yopildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Qurilish va ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 15 may kuni soat 22.00 dan boshlab ta`mirlash ishlari tugatilgunga qadar transport vositalari qatnovi qisman bir tomonlama, vaqtincha cheklanadi.
Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko`chalardan harakatlanish so`ralmoqda. .