AsosiyJamiyat
1688

“O`zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma`lum qildi

'“O`zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

“O`zgidromet” dam olish kunlari kuzatilgan yomg`irli va salqin ob-havodan so`ng 20-22 may kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha quruq ob-havo bo`lishini e`lon qildi.

Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 20 may kunining birinchi yarmida ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`ishi mumkin.

23-24 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ushbu kunlarda harorat ko`tariladi va haftaning o`rtasiga kelib 24-29 daraja, janubda 30-32 darajaga etadi.

22-23 may kunlari cho`l hududlarda, 24 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Tog`oldi va tog`li hududlarda 20-24 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Toshkentda 20 may kuni kunning birinchi yarmida bir oz yomg`ir yog`ishi mumkin. Harorat 22-24 daraja bo`ladi. 21-22 mayda yog`ingarchilik kutilmaydi. 23 mayda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar