1

O`zbekiston sel-suv toshqinidan zarar ko`rgan Afg`onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Siyosat 22.05.2024, 11:15
O`zbekiston sel-suv toshqinidan zarar ko`rgan Afg`onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Prezident topshirig`iga asosan, Afg`onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko`rgan aholiga ko`mak ko`rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi nomidan insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o`tkazish punkti orqali qo`shni mamlakatning Balx viloyatiga etkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o`simlik yog`i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag`mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o`rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili  Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg`onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Afg`oniston tomoni vakillari Prezidentimiz va xalqimizga og`ir paytda ko`rsatilayotgan yordam uchun o`z minnatdorliklarini bildirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1