AsosiyJamiyat
771

Respublika aeroportlarida ro`yxatdan o`tish vaqtida yo`lovchilar issiq nonushta bilan ta`minlanadi

'Respublika aeroportlarida ro`yxatdan o`tish vaqtida yo`lovchilar issiq nonushta bilan ta`minlanadi'ning rasmi

Uzbekistan Airways tomonidan "Haj-2024" mavsumiga 124 ta charter yo`lovchi parvozlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbaeva ma`lum qildi.

Uzbekistan Airways"ning “Haj-2024” dasturi doirasidagi barcha aviaqatnovlari Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Ta`kidlash joizki, respublika aeroportlarida ro`yxatdan o`tish vaqtida yo`lovchilar issiq nonushta bilan ta`minlanadi.

Parvoz davomida esa O`zbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways Sales filiali tomonidan O`zbekistondan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish davrida kassirlarning kechayu kunduz ishlashi tashkil etilgan.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar