AsosiyJamiyat
1865

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga yangi rektor tayinlandi

'O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga yangi rektor tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Nodirbek Sayfullaev O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

 Nodirbek Sayfullaev tayinlovga qadar, Prezident administrasiyasi madaniyat va san`atni rivojlantirish sho`basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

 Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig`ilishda ishtirok etib, Nodirbek Sayfullaevni tayinlangan yangi mas`uliyatli vazifa bilan tabriklashdi va kelgusi ishlariga omad tilashdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar