AsosiyJamiyat
1706

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodani urib yubordi

'Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodani urib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinasi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. 

Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun, 23 may kuni soat 08:30 atrofida Jizzax viloyati Jizzax shahri Sharof Rashidov ko`chasida tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar uchun belgilangan qismidan kesib o`tayotgan ayol kishini urib yuborishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Ushbu YTH natijasida piyoda olgan tan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar