AsosiyJinoyat

Jizzaxdagi restoranda mast yigitlar janjal ko`tardi(video)

Jizzaxda mast yigitlar qizlarga gap otib, janjal ko`tarishgan hamda janjalni to`xtatmoqchi...

'Jizzaxdagi restoranda mast yigitlar janjal ko`tardi(video)'ning rasmi

Jizzaxda mast yigitlar qizlarga gap otib, janjal ko`tarishgan hamda janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan restoran qorovuli va boshqa xodimini kaltaklashgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrining “Oqqo`rg`onlik” mahallasida joylashgan savdo majmuasidagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo`lgan. Shu erda mast holda o`tirgan yigitlardan biri qo`shni stolda o`tirgan qizlarga gap otishi sabab janjal yuzaga kelgan. Voqeadan xabar topgan shoxobcha qorovuli kelib janjalni to`xtatish maqsadida kelishmovchilikka aralashgan.  

Natijada, yigitlardan ikki nafari qorovulni haqorat qilib, unga pivo idishini uloqtirgan. Yigitlar qorovulni kaltaklab, unga og`ir tan jarohati etkazgan. Ularni ajratishga uringan shoxobchaning boshqa xodimi ham bir nechta musht zarba berishgan.

Qorovul olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yigitlar esa DXX va IIO xodimlari tomonidan qo`lga olingan. 

Aniqlanishicha, qo`lga olinganlardan biri avval talonchilik, davlat organi vakilining qonuniy harakatlariga qarshilik ko`rsatgani hamda qasddan badanga engil shikast etkazgani sabab sudlanib, ahloq tuzatish jazosini o`tayotgan bo`lgan.

Qonunbuzarlarning bu ishlari sudda ko`rib chiqildi. Avval sudlanib, ahloq tuzatish jazosi hukm qilingan shaxsning bu jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Uning sherigiga ham qonunda belgilangan jazo qo`llanildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jinoyat Bugun 10:15

'643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi'ning rasmi

Jinoyat Bugun 05:16

643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'“Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi'ning rasmi

Jinoyat Bugun 04:22

“Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

'O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi'ning rasmi

Jinoyat 02.06.2026 16:51

O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi

O'tkazilgan o'rganishlar davomida "Raqobat to'g'risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori talablari buzilgan holatlar fosh etilgan.

'Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 02.06.2026 10:41

Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

'Mudofaa vazirligi xodimi qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi'ning rasmi

Jinoyat 02.06.2026 05:36

Mudofaa vazirligi xodimi qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak notanish qizni Ohangaron shahriga olib ketish maqsadida o‘z avtomobiliga mindirgan.