AsosiyJamiyat
1540

Aliment uchun qidiruvida bo`lgan jomboylik ayol Toshkentdan topildi

'Aliment uchun qidiruvida bo`lgan jomboylik ayol Toshkentdan topildi'ning rasmi

Byuroning Jomboy tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Tayloq tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor ayol U.M.dan undiruvchi M.E. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Anchadan buyon alimentdan qarzini to`lamagan fuqaroning qarzi 5,2 mln. so`mdan oshib ketgan, buning ustiga u noma`lum hududlar yashab kelgan.

Shu bois, boshqarmaning qidiruv bo`limi tomonidan unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borgan.

Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi qidiruv sho``basi katta inspektori To`rajan Jalilovning ma`lum qilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, qarzdor ayol U.M. Toshkent shahrida ekanligi aniqlangan va majburiyatlari tushuntirilib Samarqandga olib kelingan.

Alimentdan bo`lgan 5.2 mln.so`m qarzdorlik bolalarning otasiga undirib berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar