1

Amudaryoda suv toshqinlari kutilmoqda

Jamiyat 25.05.2024, 14:27
Amudaryoda suv toshqinlari kutilmoqda

Amudaryo yuqori va o`rta oqimida suv toshqinlari bo`lishi kutilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Turkmaniston Gidrometeorologiya xizmati Tojikiston va Afg`onistonda kuchli yog`ingarchiliklar ortidan, Amudaryoda suv sathining ko`tarilishi haqida ogohlantirmoqda.

Xabarga ko`ra, Amudaryoning asosiy kuzatuv punkti “Kerki” gidropostida 21-23 may kunlari suv sathi noldan 290-310 santimetrgacha, “Turkmanobod”da 22-25 may kunlari 270-300 santimetrgacha, “Darg`on-Ota”da 480-500 santimetrgacha ko`tarilishi kutilmoqda.

Meteojurnal 18 va 23 mayda olingan sun`iy yo`ldosh tasvirlarini solishtirgan. Bunda ham Amudaryoda suv sathining ko`tarilishi 18 may kuniga nisbatan 23 mayda sezilarli ko`payib ketganini ko`rish mumkin.

Ehtimol, Amudaryoda suv toshqinlariga Tojikiston va Afg`onistonda kuchli yomg`ir sabab bo`lmoqda. 16-18 may kunlari Tojikistonning bir necha mintaqalarida juda kuchli yomg`ir yog`di, ob-havo stansiyalaridan olingan ma`lumotlarga ko`ra, joylarda kuniga 50 mm va undan ortiq yog`ingarchilik kuzatilgan.

So`nggi 15 kunlikda Amudaryoning asosiy irmoqlari Panj, Vaxsh, Kofirnihon va Quddusda suv pishqirib oqib, suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Asosiy irmoq Vaxshdagi suv toshqinlari yuqori ehtimol, Nurek suv omboriga to`ldirilmoqda. Va bu Amudaryoda talofatli suv toshqin hodisalari bo`lishi oldini olmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1