AsosiyJamiyat
1518

O`zbekiston bo`ylab qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'O`zbekiston bo`ylab qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 26 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 21-26 daraja iliq bo`ladi.  Bu haqda O`zGidromet xabar berdi. Unga ko`ra:

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`oldi va tog`li tumanlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar