AsosiyJamiyat
818

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchiliksiz quyoshli ob-havo bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchiliksiz quyoshli ob-havo bo`ladi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° bo`ladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar