AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistondan Belgiyaga quritilgan meva importi oshiriladi

'O`zbekistondan Belgiyaga quritilgan meva importi oshiriladi'ning rasmi

O`zbekiston elchisi G`ayrat Fozilov Belgiyaning "GroupDepre" kompaniyalar guruhi bosh direktori Karolin Depre bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog`ida ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Evropa bozoriga O`zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Belgiya vakiliga O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, respublikada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi dasturlar haqida batafsil ma`lumot berildi.

Bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida O`zbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023 yilga nisbatan ikki baravarga ko`paytirish, shuningdek, O`zbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikasiya qilish va kengaytirish, xususan, quritilgan meva va sabzavotlar etkazib berish hajmini oshirish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar