Axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta`limi jarayonini ortiqcha qog`ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta`minlanadi.
Xususan, elektron baholar tabeli «emaktab.uz» platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Natijada tabeldagi baholarni o`zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.






