AsosiyJamiyat
851

O`zbekistonda metanning narxi 3750 so`m etib belgilandi

'O`zbekistonda metanning  narxi 3750 so`m etib belgilandi'ning rasmi

Joriy yil 1 iyundan e`tiboran bir kub metr "metan" gazning eng baland narxi 3750 so`mdan oshmasligi belgilanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.

Vazirlikning xabariga ko`ra, onlayn rejimda ma`lumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg`i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste`mol qilinishiga yo`l qo`ygan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz etkazib berilishi to`xtatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar