AsosiyJamiyat
1383

O`zbekistonda kam quvvatli AES quriladi

'O`zbekistonda kam quvvatli AES quriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev va Putin O`zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo`yicha loyihani amalga oshirish to`g`risidagi bitimni imzolashdi.

– Dunyodagi deyarli barcha etakchi davlatlar o`z energetik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini atom energetikasi hisobiga ta`minlamoqda. Agar biz O`zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o`ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Qishloq xo`jaligi, transport va logistika, raqamlashtirish va sun`iy intellekt sohalarida kooperasiyani chuqurlashtirish bo`yicha aniq rejalar belgilandi.

Madaniyat va san`at, turizm, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, yoshlar va sport sohalarida faol aloqalar va almashinuvlar davom ettiriladi. Bugun ushbu ustuvor yo`nalishlarda bitim va kelishuvlar to`plami qabul qilindi.

Joriy yilda O`zbekistonda Rossiyaning yirik madaniy tadbirlari, jumladan, kino kunlari o`tkaziladi. Rossiyada O`zbekiston madaniyati kunlari, ko`rgazmalar va teatrlarimizning ijodiy safarlari bo`lib o`tadi.

Etakchilar ta`lim va sog`liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish ahamiyatini qayd etdilar. Ikki mamlakat etakchi universitetlari va tibbiyot muassasalari o`rtasida doimiy muloqot va samarali sheriklikni qo`llab-quvvatladilar.

Muhandislik kadrlarini tayyorlash bo`yicha qo`shma ishlar boshlandi. Bu maqsadda tashkil etilayotgan Toshkentdagi Nikolay Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etakchi Rossiya universitetlarining o`n beshinchisi bo`ladi.

Migrasiya sohasidagi hamkorlik masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo`ldi. Bu sohada o`zaro hamkorlikning samarali mexanizmlari bo`yicha kelishuvga erishildi.

Tashqi siyosiy idoralar o`rtasida muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirish, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida muloqotni chuqurlashtirish muhimligi tasdiqlandi.

An`anaviy va yangi tahdid va xatarlarga, birinchi navbatda, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikka qarshi kurashish bo`yicha vakolatli organlar va maxsus xizmatlar o`rtasida yaqin hamkorlik masalalari O`zbekiston va Rossiyaning diqqat markazida qoladi.

So`zining yakunida davlatimiz rahbari muzokaralar natijalaridan juda mamnunligini bildirib, rossiyalik hamkasbiga o`zi bilan O`zbekistonga Rossiyaning asosiy vazirlik va idoralari, sub`ektlari rahbarlaridan iborat nufuzli delegasiyani olib kelgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rossiya Prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi davomidagi sermazmun uchrashuvlar va samarali natijalar ikki tomonlama do`stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, davlatlararo hamkorlik tarixida yangi bob ochishiga ishonch bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar