AsosiyJamiyat
1907

Jizzaxda ichida yo`lovchilari bo`lgan Nexia-2'ning gaz balloni portlab ketdi (video)

'Jizzaxda ichida yo`lovchilari bo`lgan Nexia-2'ning gaz balloni portlab ketdi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2'ning gaz balloni portlab ketgani natijasida bir nechta insonlar vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa 28 may kuni soat 13:00 lar atrofida G`allaorol tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. Ayni vaqtda mashinada bo`lgan yo`lovchilar shaxsiga aniqlik kiritish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tarqalgan videoda kamida ikki nafar fuqaro vafot etganini ko`rish mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar