AsosiyJamiyat

Surxondaryodan 4 ming yillik tarixiy qabr va shahar qoldiqlari topildi

'Surxondaryodan 4 ming yillik tarixiy qabr va shahar qoldiqlari topildi'ning rasmi

O`zbekiston-Xitoy qo`shma arxeologik ekspedisiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi.

Olimlarning dastlabki xulosalariga ko`ra ushbu arxeologik topilmalar eradan avvalgi II – eraning III asrlariga oid Qang`, Kushon va Yuechji (massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.

Hozirda hududda O`zbekiston-Xitoy qo`shma arxeologik ekspedisiyasi tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar