AsosiyJamiyat
1104

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

'O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi'ning rasmi

“O`zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O`zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Quyidagilar 2025/2026 o`quv yilidan Akademiya huzuriga o`tkaziladi:

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

Sport sohasida natijalari yuqori bo`lgan davlatlarning etakchi oliy sport-ta`lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoalari a`zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

Sportchilarga xorijiy tillar va O`zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o`rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o`z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan O`zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o`qitish markazi tashkil etiladi.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar