AsosiyJamiyat
1277

Senat raisi Ozarbayjon elchisini qabul qildi

'Senat raisi Ozarbayjon elchisini qabul qildi'ning rasmi

Parlament yuqori palatasi ma`lumotiga ko`ra, tomonlar ikki davlat etakchilarining qat`iy siyosiy irodasi va o`zaro ishonchga asoslangan do`stona munosabatlari tufayli O`zbekiston hamda Ozarbayjon o`rtasidagi hamkorlik rivojlanib bormoqda.

Muloqot chog`ida mamlakatlar o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O`zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o`rtasida shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi yuqori darajasidan kelib chiqib, kelgusi rejalar muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar