Rossiya Afg`onistondan mehnat muhojirlarini qabul qilib, ish bilan ta`minlash majburiyatini olgan. Bu haqda "Sputnik Afganistan"ga Islom Respublikasi Mehnat vazirligi rahbari Abdul-Manan Umariy ma`lum qilgan.
Muhojirlar qaysi respublikalarga jo`natilishi hozircha noma`lum.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Tolibon harakati bilan kelishuvga erishilgan. Forumda Rossiya taklifi bilan “Tolibon” harakati vakillari ishtirok etdi.
2021 yil avgustida AQSh qo`shinlari Afg`onistondan olib chiqilgach, Tolibon mamlakatda hokimiyatni qo`lga kiritdi. Rossiyada 20 yildan beri va dunyoning ko`plab davlatlarida Tolibon terrorchi tashkilotlar ro`yxatiga kiritilgan.
2022 yil mart oyida Rossiya Federasiyasi va Afg`oniston o`rtasida Tolibon tomonidan tuzilgan hukumat diplomati akkreditasiyasi bilan diplomatik aloqalar o`rnatildi.
2024 yil aprel oyidan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi iqtisodiy aloqalarni o`rnatish maqsadida tashkilotni terrorchi deb belgilashni bekor qilish masalasini ishlab chiqmoqda.
10.06.2024 20:46
Rossiya Afg`onistondan mehnat muhojirlarini qabul qilishga va`da berdi
