AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimi qo`lida bolasi bor bo`lgan homilador ayol va fuqaroga qo`l ko`tardi (video)

'Samarqandda IIB xodimi qo`lida bolasi bor bo`lgan homilador ayol va fuqaroga qo`l ko`tardi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi fuqarolarga kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi. 

Hodisa joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand shahar Dahbet ko`chasida sodir bo`lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi. 

Shu kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda yo`lning qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini ko`radi. Ularni 6-son IIBga olib borib,  sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan (ulardan biri ayol) amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan bo`shatilgan.

To`plangan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar