AsosiyJamiyat

Jizzax viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Jizzax viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Shukurullaev Sardor Shuxratovich Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

Sardor Shukurullaev 1991 yilda tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2012 yilda O`zbekiston xalkaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014 yilda O`zbekiston Milliy universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiyot.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo`mitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Sobiq viloyat hokimi o`rinbosari Sindor Rahmonqulov mazkur lavozimda 2021 yilning 28 aprelidan buyon ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar