AsosiyJamiyat

“Hisorak” suv ombori yorilgani haqida xabar tarqatganlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'“Hisorak” suv ombori yorilgani haqida xabar tarqatganlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIBning ma`lum qilishicha, Joriy yil 10 iyun kuni  Shahrisabz tumanidagi  “Hisorak” suv ombori haqida internet ijtimoiy tarmog`ida ba`zi fuqarolar yolg`on axborot tarqatib, odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga  zarar etkazilishiga sababchi bo`lgan.

Mazkur holat bo`yicha  Shahrisabz tumanida yashovchi  D.U., N.A. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  244 prim 6-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

- Internet ijtimoiy tarmog`ida tarqalgan soxta yolg`on xabarlarga ishonmasliklarini va rasmiy ijtimomiy tarmoqlarda mas`ullar tomonidan berilgan ma`lumotlarga e`tibor qaratishlarini so`rab qolamiz.

Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar