1

Toshkentda ikkita avtobus to`qnashdi (video)

Jamiyat 14.06.2024, 20:12
Toshkentda ikkita avtobus to`qnashdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida 58- va 131-yo`nalishdagi ikkita avtobus avariyaga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. 

 “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hodisa 14 iyun kuni soat 16:14 larda sodir bo`lgan. 

King Long rusumli 131-sonli yo`nalish haydovchisi R.B. boshqaruvidagi avtobus Yangi Sergeli ko`chasi piyodalar o`tish yo`lagida piyodani o`tkazish uchun to`xtagan. Shu vaqtda orqadan oraliq masofa saqlamay harakatlanib kelayotgan King Long rusumli 58-sonli yo`nalish haydovchi K.B. boshqaruvidagi avtobus urilgan.

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo`lovchilari tan jarohati olgan, avtobuslar texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilishi belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1