AsosiyJamiyat

Jizzaxda ham mashina yonib ketdi(video)

'Jizzaxda ham mashina yonib ketdi(video)'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Cobalt yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 15 iyun kuni soat 12:50 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo`lining 998 kilometrda, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong`in sodir bo`lib, motor va salon qismi yongan.

Yong`in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog`liq bir kun ichidagi uchinchi holat. Bundan avval Toshkent shahrida Mercedes-Benz avtobusi va avtobus yonib ketgani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar