AsosiyJamiyat
1505

Samarqandda Nexia-3 yo`l chetida to`xtab turgan Isuzuʼga urildi

'Samarqandda Nexia-3 yo`l chetida to`xtab turgan Isuzuʼga urildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida ikki nafar yo`lovchi halok bo`ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa 2024 yil 15 iyun kuni soat 12:10 larda sodir bo`lgan.

M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo`lining Ishtixon tumani hududidan o`tuvchi qismida Nexia-3 yo`l chetida to`xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga urilgan.

Oqibatda Nexia-3 mashinasi old o`rindig`ida bo`lgan yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Nexia-3ʼning orqa o`rindig`ida bo`lgan yo`lovchi esa Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar