Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqdapoytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Ma`lum qilinishicha, 2024 yilning 17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko`chasida quyidagi 4 ta avtomashina
- 1998 yilda tug`ilgan U.B. boshqaruvida bo`lgan Chevrolet Menlo;
- 1999 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvida bo`lgan «VAZ-2106»;
- 1992 yilda tug`ilgan M.R. boshqaruvida bo`lgan «VAZ-2107»;
- 1990 yilda tug`ilgan B.R. boshqaruvida bo`lgan Nexia-2 ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida Menlo haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.