AsosiyJamiyat
18.06.2024 17:57
1444

Havo harorati 41 darajaga chiqadi

'Havo harorati 41 darajaga chiqadi'ning rasmi

Ertaga, 19 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu haqda O`zGidromet xabar berdi. Unga ko`ra, Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja icciq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.  

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`oldi va tog`li tumanlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar