AsosiyJamiyat

Elchixona holatni nazoratga olgan

'Elchixona holatni nazoratga olgan'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi.

Ma`lum qilinishicha, so`nggi paytlarda elchixona Call-markaziga O`zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetevo xalqaro aeroportida tranzit orqali o`tishda aeroport xodimlari tomonidan uzoq va haddan tashqari ko`p tekshiruvlar o`tkazilayotgani yuzasidan ko`plab xabarlar kelib tushmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi.

“Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo`limi Sheremetevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar