Jahon tillari universitetining talabasi cho`kib, vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.
Aniqlanishicha, Jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi, 2004-yilda tug`ilgan M.I. ismli shaxs Yakkasaroy tumanidan oqib o`tuvchi Bo`rijar kanalda cho`kib, vafot etgan.
Yaqinlarining xabar berishicha, marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizasi uchun olib ketilgan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma`lumot e`lon qilinmagan.