Bugun, 21 iyun kuni soat 08:08 da Uchtepa tumani Katta Qani ko`chasida joylashgan restoranlarning birida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qilmoqda.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da etib borib, yong`in soat 08:31 da o`chirilgan.
Yong`in natidjasida restoran hududining gaz taqsimlash xonasida bo`lgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kvadrat metr maydonda taxta bo`laklari yongan.
Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong`in natijasida tan jarohati olgan va halok bo`lgan fuqarolar to`g`risida xabar kelib tushmagan.