AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi

'Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi'ning rasmi

“Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (Loyiha ofisi) tashkil etiladi.

Loyiha ofisi har oyda qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to`sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo`llari to`g`risida Prezident Administrasiyasiga axborot kiritib boradi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi va Loyiha ofisi tomonidan:

2024 yilda:

➖meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg`ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo`lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko`riladi.

2024/2025 o`quv yilidan:

➖agrar sohadagi oliy ta`lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;

➖Toshkent davlat agrar universitetida ta`lim yo`nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o`tkaziladi.

Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor kon`yunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar