1

Andijonda 9 sinf o`quvchisi o`zini ko`p qavatli uyning tomidan tashlab yubordi (video)

Jamiyat 22.06.2024, 10:00
Andijonda 9 sinf o`quvchisi o`zini ko`p qavatli uyning tomidan tashlab yubordi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida 9 qavatli uyda yashovchi fuqora o`zini tashlab yuborgani aytilgan xabarlar tarqaldi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lumot berishicha, holat joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 03:30 atrofida Andijon shahrida yuzbergan. 2008 yilda tug`ilgan voyaga etmagan M.K. ko`p qavatli uyning tom qismidan o`zini tashlab, joniga qasd qilgan.

Buning natijasida voyaga etmagan M.K. voqea joyida vafot etgan. 

Voyaga etmagan M.K. ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosi Sh.T.ning qaramog`ida u bilan birga yashab kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1