AsosiyJamiyat

Toshkentda bir guruh erkaklar to`pponcha ko`tarib janjallashdi (video)

'Toshkentda bir guruh erkaklar to`pponcha ko`tarib janjallashdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha, holat joriy yilning 20 iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulug`bek tumanida sodir bo`lgan.

1998 yilda tug`ilgan Sh.B., 2001 yilda tug`ilgan A.K., 1991 yilda tug`ilgan O`.Z., 2002 yilda tug`ilgan  F.A. o`zining tanishi 1992 yilda tug`ilgan J.R. bilan o`zaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qo`l bilan urib tan jarohati etkazishgan. Jabrlanuvchi "Bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to`qimalari lat eyishi" jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o`zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. prosessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko`rilmoqda.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to`pponcha ko`rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergov davom etmoqda, yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi

    Boshqa yangiliklar