“Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, 2025 yil 1 yanvardan“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi(Virtual akademiya) joriy etiladi.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish,
yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga mas`ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo`lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning
bilim, ko`nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
- davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan d
avlat xizmatchilarining reestrini yuritish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo`yicha
elektron ma`lumotlar bazasini yuritish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.






