AsosiyJamiyat

Bugun ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin

'Bugun ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" bugun - 23 iyun O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 36-38° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, cho`l hududlarida ba`zi joylarda 30-32° gacha ko`tariladi, kunduzi 34-39° bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX, SAMARQAND VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarada qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 36-41° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, kunning ikknchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar