Turli sabablarga ko`ra o`z vaqtida umumiy o`rta ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`lmagan, ya`ni maktabni to`liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalarini topshirish tizimi yaratilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqaro murojaat etgan.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyalardan muvaffaqiyatli o`tgan 611 nafar fuqaroga 9 yillik tayanch o`rta ta`lim to`g`risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqaroga 11-sinf hajmida umumiy o`rta ta`lim to`g`risida shahodatnomalar berildi.