1

Rossiyada o`tkazilgan reydda qo`lga olingan o`zbeklar bo`yicha ma`lumot berildi

Jamiyat 23.06.2024, 16:17
Rossiyada o`tkazilgan reydda qo`lga olingan o`zbeklar bo`yicha ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasining Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o`tkazilib, unda O`zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7 iyun kuni Voronej shahridagi “Razvitie” qurilish hududida yuz bergan.

Reyd tadbiri o`tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O`zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo`lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o`tib ketgani sababli jarima shaklida ma`muriy javobgarlik qo`llanilib, shu kunning o`zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportasiya qilinmoqda.

Shu o`rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migrasiya qonunchiligini buzmaslik so`raladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1