AsosiyJamiyat

Toshkentda uchta avtomobil to`qnashdi (video)

'Toshkentda uchta avtomobil to`qnashdi (video)'ning rasmi

Toshkentning Uchtepa tumanida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi.

 Toshkent shahar YHXBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 iyun kuni soat 09:00 larda Shirin-Lutfiy ko`chalari chorrahasida quyidagi avtomobillar to`qnashgan:

  • 1989 yilda tug`ilgan M.S. boshqaruvida bo`lgan Lixiang L9;
  • 1999 yilda tug`ilgan M.R. boshqaruvida bo`lgan BYD;
  • 1968 yilda tug`ilgan A.Sh. boshqaruvidagi bo`lgan Spark.

Yo`l transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar yo`q.

Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar