AsosiyJamiyat

Jizzaxda 11-sinf qiz bedarak yo`qoldi

'Jizzaxda 11-sinf qiz bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Paxtakor tumani Oltinko`l MFY Ergash Jumanbulbul ko`chasida yashovchi 2007 yilning 6 iyul kuni tug`ilgan, tumandagi 4- sonli o`rta umumta`lim maktabining 11- sinf o`quvchisi Musurmonova Charos Kamol qizi joriy yilning 29 may kuni soat 07:30 larda yashash uyidan maktabga imtihonga boraman deb chiqib ketib qaytib kelmagan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar qilmoqda.

Musurmonova Charos Kamol qizini ko`rganlardan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining 102 tizimiga yoki, 72-353-13-56, 72-353-12-02, 99-556-60-76, 94-392-00-02 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari yoki yaqin oradagi ichki ishlar organlariga xabar berishlari so`raladi.

Bedarak yo`qolgan shaxs haqida ma`lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi va pul mukofotiga ega bo`ladi.


 

 

    Boshqa yangiliklar