AsosiyJamiyat

Farg`onada shifokorga “xayfsan” berildi

'Farg`onada shifokorga “xayfsan” berildi'ning rasmi

Farg`onada noqonuniy tarzda fuqaroni ko`rikdan o`tkazgan shifokor aniqlandi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo`qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Holat Ombudsmanning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o`rganildi.
Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko`rikdan o`tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo`ymagani, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgani va 3 kun davomida ko`rikdan o`tkazishgani, sog`lom bo`lganligi sababli javob berib yuborishganligi aniqlangan.

O`rganish jarayonida O`zbekiston Respublikasi ”Psixiatriya yordami to`g`risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma`lumotlarni bilgan xolda tekshiruv o`tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo`lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar