AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

'O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

24 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Davlatimiz rahbari Dog`istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo`lganlarning oilalariga ta`ziya va dalda so`zlarini bildirdi.

O`zbekiston Prezidenti bu g`ayriinsoniy zo`ravonlikni qat`iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o`rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya Federasiyasi Prezidentining O`zbekistonga tarixiy tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Kelgusidagi, shu jumladan ko`p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar