AsosiyJamiyat

O`zbekistonda OTMga qancha abiturient hujjat topshirgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda OTMga qancha abiturient hujjat topshirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 2024/2025 o`quv yilida oliy va professional ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abiturient ro`yxatdan o`tdi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu o`tgan yilgi ko`rsatkichdan 123,7 ming nafarga kam. Eng ko`p hujjat Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatidan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.

2024−2025 o`quv yilida hujjat topshirganlarning test sinovi topshirish hududi bo`yicha taqsimoti:

  Qoraqalpog`iston Respublikasi — 45 655 nafar;

  Andijon viloyati — 67 688 nafar;

  Buxoro viloyati — 45 583 nafar;

  Farg`ona viloyati — 83 837 nafar;

  So`x tumani — 1 962 nafar;

  Jizzax viloyati — 48 276 nafar;

  Namangan viloyati — 58 268 nafar;

  Navoiy viloyati — 48 437 nafar;

  Qashqadaryo viloyati — 89 188 nafar;

  Samarqand viloyati — 93 092 nafar;

  Sirdaryo viloyati — 30 074 nafar;

  Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 39 498 nafar;

  Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 22 756 nafar;

  Toshkent shahri -161 369 nafar;

  Xorazm viloyati — 58 596 nafar.

Abiturientlarning yarmidan ko`pi avvalgi yillar bitiruvchilaridir — 483 945 nafar. Yana 410 334 nafar abiturient 2024 yil o`qishni bitirgan.

Ularning gender tarkibi bo`yicha taqsimoti:

  erkaklar — 431 806 nafar;

  ayollar — 462 473 nafar.

Hujjat topshirganlarning ta`lim tili bo`yicha taqsimoti:

  o`zbek tili — 784 458 nafar;

  rus tili — 84 774 nafar;

  qoraqalpoq tili — 22 534 nafar.

  boshqa tillar — 2 513 nafar.

Bilimni baholash agentligi test sinovlarida ishtirok etish uchun hali to`lov qilmaganlar borligi sabab 27 iyun sanasida statistik ma`lumotlar o`zgarishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar