Xorijiy tilni S1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi. Bu haqida Perezidentning “Yoshlarni xorijiy tillarga o`qitish tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida belgilab qo`yildi.
Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 oktyabrdan:
- Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o`quv markazlarining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e`lon qilib boradi;
- reyting natijalariga ko`ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko`rsatuvchi eng yuqori ko`rsatkichga ega 100 ta xususiy o`quv markazining ta`lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to`lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.
2024–2026 yillarda oliy ta`lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta`lim yo`nalishi bo`yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim tashkilotlarida o`qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
2024/2025 o`quv yilidan ota-onalar va o`quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o`qitishni yo`lga qo`yiladi.
2025 yil 1 yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o`rgatish bo`yicha dunyoning etakchi markazlari, oliy ta`lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yiladi hamda ularning xalqaro ta`lim standartlariga mos ta`lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.






