30-iyun kuni soat 00:45 da Qamchiq dovonidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 268-kilometrida yuk mashinasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda ”Qamchiqavtoyo`l” unitar korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vodiydan Toshkentga tomon harakatlangan Iveco yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan, so`ngra YPX maskanidagi beton to`siqqa urilgan va yonib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda, deyiladi xabarda.






