1

Jizzaxdagi “Navro`z” bog`ida uchirilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi

Jamiyat 30.06.2024, 15:18
Jizzaxdagi “Navro`z” bog`ida uchirilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi “Navro`z“ bog`ida 5 mingta shar uchirilishi haqida e`lon tarqaldi. Unda bepul muzqaymoq, 10 mingga yaqin sovg`alar berilishi ham aytilgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyida bo`lib, holatga chek qo`ydi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, o`rganish ishlari davomida sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi.

Plastik o`yinchoqlar, sharlarni uchirish, tabiatni ifloslantirishga, chiqindilar bilan to`ldirishga sabab bo`ladigan boshqa shu kabi tadbirlar vazirlik tomonidan doimiy tarzda qoralab kelinmoqda. Bu kabi holatlar taqiqlangani va javobgarlikka sabab bo`lishi qayta-qayta ta`kidlanmoqda.

Xususan, avvalroq “Yangi O`zbekiston” bog`ida 10 mingta plastik o`rdakchalar havodan tushirilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Vazirlik bu holat yuzasidan keskin munosabat bildirdi. Natijada bu tadbir bekor qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1