AsosiyJamiyat

Toshkentda Matiz haydovchisi elektroskuterni urib yubordi

'Toshkentda Matiz haydovchisi elektroskuterni urib yubordi'ning rasmi

Toshkentda Matiz haydovchisi elektroskuterni urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB Axborot xizmati Mirobod tumanida sodir bo`lgan YTH bo`yicha ma`lumot berdi.

Joriy yilning 1 iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida haydovchi 2002 yilda tug`ilgan J.P. Matiz’da 1999 yilda tug`ilgan A.X. boshqaruvidagi elektroskuter bilan to`qnashuv sodir etgan. YTH oqibatida skuter haydovchisi tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar