AsosiyJinoyat

Toshkentda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi

U kripto-aktivni o‘z akkaunti orqali yig‘ganini hamda kripto-aktivlarni onlayn bo‘limi orqali sotganini bildirgan.

'Toshkentda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Joriy yil 13 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan 1999 yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan K.A.ni MJtKning 155-4- moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Shuningdek, sud jinoyat quroli sifatida e’tirof etib uning Iphone 12 Pro Max telefonini tegishli tartibda yo‘q qilishga qaror qilgan.

Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 6 avgust kuni Toshkent shahar IIBB Kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan murojaat yuzasidan tergovaga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda K.A. ga tegishli telefondan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlangan. Sud majlisida so‘ralgan ayblanuvchi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha aybini tan olib, kripto-aktivni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullanganini, kripto-aktivni o‘z akkaunti orqali yig‘ganini hamda kripto-aktivlarni onlayn bo‘limi orqali sotganini bildirgan.

Sud K.A.ga 15 sutka qamoq jazosi tayinlash bilan birga, uning hisobidan qamoqni har bir kuni uchun qabul qilish muassasasi foydasiga BHMning 15 foizi, ya’ni 765 ming so‘m undiruv tayinlagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 19.11.2025 12:11

Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

Jinoyat 19.11.2025 07:54

Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.

'Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 18.11.2025 18:58

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmоqda.

'Toshkentda noqonuniy oltin savdosi toʻxtatildi'ning rasmi

Jinoyat 17.11.2025 09:27

Toshkentda noqonuniy oltin savdosi toʻxtatildi

Tezkor tadbirda 475 gramm quyma oltinni sotmoqchi bo'lgan 3 nafar fuqaro ushlandi.

'Samarqandda meros mojarosi: aka-uka opasini o‘ldirib, 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Jinoyat 12.11.2025 13:45

Samarqandda meros mojarosi: aka-uka opasini o‘ldirib, 15 yilga qamaldi

Samarqand shahrida ota-onadan qolgan merosni boʻlishish masalasida kelib chiqqan nizoda aka-uka opasini oʻldirgan.

'Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 12.11.2025 07:33

Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi

6 million so‘m va 200 dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.