AsosiyJamiyat

Bolalardagi teri toshmalarining asosiy sababi nimaga bog‘liq?

Tahlillarga ko‘ra, dunyoda har to‘rt boladan biri atopik dermatitdan aziyat chekadi.

'Bolalardagi teri toshmalarining asosiy sababi nimaga bog‘liq?'ning rasmi

 Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova shu kasallik sabablari, alomatlari, tashxislash va davolash usullari haqida ma’lumot berdi.

 — Atopik dermatit – nasl suruvchi xastalik, — deydi mutaxassis. — Agar ota yoki ona xuddi shunday patologiyadan aziyat cheksa, uning bolada namoyon bo‘lish ehtimoli 30-40 foizga teng. Xastalik ota-onaning har ikkisida ham bo‘lsa, xavf ko‘rsatkichi 70-75 foizga oshadi.

Chaqaloqlarda ushbu patologiya odatda 2-3 oyligidan rivojlanadi va 3-4 yil ichida yo‘qolib ketadi. Ba’zi hollarda esa toshmalar umr bo‘yi saqlanib qolishi ham mumkin. 

Atopik dermatit teri kasalligi emas, balki bola ichki organizmi faoliyatidagi buzilishlar belgisidir. Xastalikning asosiy sababi oziq-ovqat allergiyasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, nafas yo‘llari orqali tanaga kirgan allergenlar ham toshmalarni paydo qiladi. 

Qichishish — kasallikning asosiy belgisi. U uyquga va bemor bolaning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, asabiylik hamda jizzakilikni keltirib chiqaradi. 

 Toshmalar kasallik darajasiga qarab turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘tkir bosqichda ular yorqin qizil rangga kirib, yallig‘lanish joyiga qon to‘planishi tufayli mayda shishlar hosil bo‘ladi. 

Xastalikning yengil va o‘rta bosqichlarida esa toshmalar och qizg‘ish tusda namoyon bo‘ladi. Ular quruq bo‘lishi hisobiga tez to‘kilib tushadi. Toshmalarning ko‘payishi esa aksariyat hollarda terining kiyimga ishqalanishi oqibatida yuz beradi.

 Bunday yara-chaqalar chaqaloqlarda asosan bosh, bo‘yin va ko‘krak sohalarida, bolalar va o‘smirlarda esa tirsak va tizza orqasida hamda boshqa tana a’zolarida ko‘p uchraydi. 

Yosh bolalardagi atopik dermatit, odatda, bir qator allergik kasalliklar, shu jumladan, oziq-ovqat sezgirligi, rinit va astmaning ilk alomati sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Atopik dermatitni samarali davolash uchun, avvalo, to‘g‘ri tashxis zarur. Ammo tibbiy amaliyotda ba’zan buning aksi uchraydi. Bunday vaziyatda qo‘llaniladigan tibbiy muolajalar og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi ma’lum.

Qolaversa, o‘zboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qo‘llash ham, afsuski, uchrab turadi. Oqibatda bemor tezroq sog‘ayish o‘rniga, ahvoli yanada og‘irlashib, hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 16:13

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Zangiotadagi bo‘yoq sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 15:41

    Zangiotadagi bo‘yoq sexi yonib ketdi

    Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish  ishlari bajarilmoqda.

    'Rossiya va O‘zbekiston birgalikda ko‘mir qazib, qayta ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 15:35

    Rossiya va O‘zbekiston birgalikda ko‘mir qazib, qayta ishlaydi

    Loyihada Rossiyaning "Inter RAO" kompaniyasi ishtirok etadi.

    'Mixail Mishustinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 15:14

    Mixail Mishustinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

    Mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

    'Talabalar bilan ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim'ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 15:02

    Talabalar bilan ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim

    Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to‘lamaydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat10.09.2024 14:08