AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

Jasadni quduqqa tashlab yuborgani aytilmoqda.

'Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib qo‘ydi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Uning aytishicha, marhum 40 yoshlar atrofida bo‘lgan, uning jasadi ekspertizaga olib ketilgan. 

“Jamiyatshunoslar, psixologlar bunday paytda o‘rtaga chiqishi kerak. Ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi muassasalar bu haqda gapirishi kerak, afsuski, tahlil yoki pichoqqa ilinadigan biror mulohaza yo‘q. Nima qilmoq kerak? Ayollarga nima bo‘lyapti? Kimdir nimadir deya oladimi?”, deydi u.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz’ga ma’lum qilishicha, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar